“Taken” va “Stolen”: sarlavha bir xil, mazmun-chi?


Nimanidir o‘g‘irlash yaxshi ish emas. Kimnidir o‘g‘irlash undan-da yomon. Qiz bolani o‘g‘irlash ham… Ayniqsa, she'r, musiqa, sujetni o‘g‘irlash-chi? Buni Hollivuddagilar qayerdan ham bilardi. J Bu, albatta, hazil. Bugun ikkita film haqida hangoma qilmoqchiman, bekorchimisiz, to‘rtta-to‘rtta hamgoma-da. J



Birinchisi — “O‘g‘irlangan qiz” (“Taken”, “Заложница”). Ko‘rinib turibdiki, nom nisbatan yaxshi tanlangan, lekin ruslar yomon tarjima qilingan. “Заложница” — garovdagi qiz degan ma’noni bildiradi (NTT kanali ham o‘zbek tiliga aynan shunday tarjima qilgan). Bosh rolni irlandiyalik mohir aktyor, yaqinda islom dinini qabul qilgan Liam Nison ijro etgan.

Bu film haqida ortiqcha gapirish shart emas. Film muvaffaqiyati shu qadar yaxshi bo‘lganki, hatto uning ikkinchi qismi ham suratga olindi. Unda ko‘tarilgan mavzu ham ancha global va dolzarb hisoblanadi. Liam Nisonni men “Noma’lum” (“Unknown”) filmidan boshlab taniganman va shundan beri kuzatib kelaman. Unga omad!

Ikkinchisi ham “O‘g‘irlangan qiz” (“Stolen”, “Медальон”). Ko‘rinib turibdiki, sarlavha deyarli bir ma’noni anglatadi. Filmning ikkinchi rasmiy nomi “Medalyon” hisoblanadi. Bosh rolni hammaga tanish amerikalik aktyor Nikolas Keyj ijro etgan. Filmning AQShdagi premyerasi 2012-yil 14-sentabrda bo‘lib o‘tdi.



Film menga yoqdi. Sujet “Taken”ga qaraganda boshqacharoq, film boshidan oxirigacha “Nima bo‘larkan?” deb o‘tib ketasiz. Voqealar rivoji yaxshi o‘ylab topilgan. Unda ham bosh rol ijrochisining qizini o‘g‘irlab ketadi. Lekin bu safar atayin, pul ilinjida. Qizning otasi haqiqiy jinoyatchi bo‘lgani uchun o‘zi bir paytlar yoqib yuborgan 10 000 000 dollar evaziga kunduz kuni 2 soat ichida bir sumka oltin yetkazib keladi…

Ammo “Stolen”da “Taken”dagidek global muammoga urg‘u berilmagan. Otaning farzandi uchun har narsaga tayyor turishi aks etgan (bu “Taken”da ham bor). Xullas, “boevik” ishqibozlari uchun yaxshi film, zerikmaysiz. Shunchaki, shuncha gap Tvitterga sig‘masdi. J

Zahiriddin

Comments

Кўп ўқилган мақолалар

Барибир фойдаси йўқ! (Ҳажвия)

Мухлислар, уйғонинг!