SINFDOSHIM FERUZAGA

Jimgina yurganding, yashab bemalol,
Netgaysan samoda, axir bizsizsan!
Mayli-da, indamay, kelmasin malol,
Taqdiring shu ekan, endi hur qizsan...





Feruza samoda hurlar kammidi?
Feruza, samoda hurlar kammidi?
Feruza samoda, hurlar kammidi?
Taqdiring shu ekan, endi hur qizsan...

Otangni qoldirib ketding-ku yerda,
Onangni qoldirib ketding-ku yerda,
Akangni qoldirib ketding-ku yerda,
Taqdiring shu ekan, endi hur qizsan...

Yigirma besh yoshga to‘lmagan eding,
Bizga beoqibat bo‘lmagan eding.
Gul eding, ochilib, so‘lmagan eding,
Taqdiring shu ekan, endi hur qizsan...

Sinfdoshlar bir bo‘lib, turamiz qoyim,
Samoni egalla, osmonda oyim.
Qalbimiz sen bilan yashaydi doim,
Taqdiring shu ekan, endi hur qizsan...

Zahiriddin
13.10.2012

Comments

Кўп ўқилган мақолалар

Барибир фойдаси йўқ! (Ҳажвия)

Мухлислар, уйғонинг!