AYT, SENI QAYDAN ISTAY*?

Dardim og‘ir, malhamni
Kel, bugun maydan istay.
Yengolmayin alamni,
Ayt, seni qaydan istay?


Hayqirib tog‘lar aro,
Yoki sho‘x soydan istay?
Yo kezib bog‘lar aro,
Ayt, seni qaydan istay?

Zuhro-yu hulkar qolib,
Balki yo oydan istay?
Yulduzga aylanvolib,
Ayt, seni qaydan istay?

Aytgin, ko‘zi cho‘lponim,
Qashshoq yo boydan istay?
Senga jonim — o‘lponim,
Ayt, seni qaydan istay?

Qolmadi vayronalar,
Qaysi saroydan istay?
Indamas shahzodalar,
Ayt, seni qaydan istay?

Har kun, har soat, hafta,
Ehtimol oydan istay?
Yillar o‘tar birpasda,
Ayt, seni qaydan istay?

Dorning ostida Bobur,
Noshay-u shaydan istay?
O‘lim postida shaydur,
Ruhing meni istaydur,
Men seni sheydan istay!

Zahiriddin

* istamoq — Andijon shevasida “izlamoq, qidirmoq” ma’nosida.

Comments

Кўп ўқилган мақолалар

Барибир фойдаси йўқ! (Ҳажвия)

Мухлислар, уйғонинг!